Magnit bo‘ronlari qachon tugaydi? (+video)
So‘nggi paytlarda quyosh faolligi sezilarli darajada oshgani bois, magnit bo‘ronlari haqida ko‘p eshityapmiz. Bu holat Quyoshning tabiiy 11 yillik sikli bilan bog‘liq bo‘lib, ayni damda siklning yuqori faollik bosqichiga yetib kelmoqdamiz.
Bu davr mobaynida Quyoshdan yuqori energiyali zarralar chiqishi va chaqnashlar ko‘payadi, bu esa Yerning magnit maydoniga ta’sir qiladi va magnit bo‘ronlarini keltirib chiqaradi.
Magnit bo‘ronlari ba’zi odamlarda bosh og‘rig‘iga olib kelishi, elektron qurilmalar esa, ayniqsa, sun’iy yo‘ldoshlar va aloqa tizimlariga zarar yetishi mumkin.
2019 yilda boshlangan Quyosh siklining eng yuqori nuqtasi 2025 yilda kuzatiladi. Shundan so‘ng quyosh faolligi pasayishga boshlaydi va magnit bo‘ronlari ham kamayadi.
Xo‘sh, yomon kayfiyat, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik: hammasiga magnit bo‘ronlari sababchimi?
Oxirgi paytda odamlar har qanday sog‘lik bilan bo‘ladigan muammoni, magnit bo‘ronlaridan ko‘rishga odatlanib qolishdi. Ha, ular ba’zida salomatlikka ta’sir qilishi mumkin, lekin hammada emas.
Asosiy “qurbonlar” — yuragi "zaif", qon tomirlari "uringan" yoki FAD molekulalari ko‘p insonlar, chunki ular magnit maydoni o‘zgarishini his qilish qobiliyatiga ega ekan.
Boshqalarda o‘zgarishlar deyarli sezilmaydi.
Keksa yoshdagi odamlarga bu borada qiyinroq — ularda qon bosimining oshishi, yurak ritmi buzilishi kuzatiladi. Qolaversa, quyosh faolligi davrida tashvishli kayfiyat ustuvorlik qilishi mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting, o‘zingiz va yaqinlaringizni e’tiborsiz qoldirmang.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kfIzxaE1_-4" title="Magnit boʻronlari qachon tugaydi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, U.To‘xtayev (video), O‘zA