MAGATE missiyasi Zaporoje AESda
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) missiyasi Zaporoje atom elektrostansiyasida tekshiruv o‘tkazish uchun Energodar shahriga yetib keldi. Bu haqda viloyat “ZA TV” telekanali xabar berdi.
Avvalroq Zaporoje Harbiy-fuqarolik ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov MAGATE hududda ish boshlaganini ma’lum qilgandi.
Missiya stansiyaga yetkazilgan jismoniy zararni baholaydi, ob’ekt xavfsizlik tizimining ishlashini aniqlaydi. Mutaxassislar, shuningdek, xodimlar faoliyati jarayonini o‘rganishi, umuman, AES xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish rejalashtirilgan.
Ukrainaning “Energoatom” kompaniyasi 26 avgustdan elektr energiyasi ishlab chiqarish boshlangani va tok to‘g‘ridan-to‘g‘ri Zaporoje va Xerson viloyatlariga yetkazilayotgani to‘g‘risida xabar bergan.
“Bugundan Kiyev nazoratidagi hududlarga ham energiya yetkazib berish boshlandi”, deya qo‘shimcha qilgan kompaniya vakili.