Madvaliyev Orifjon Tolibovichning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Talabalarda adabiy tahrir malakasini shakllantirish metodikasi” mavzusida
Madvaliyev Orifjon Tolibovichning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) ixtisosligi bo‘yicha “Talabalarda adabiy tahrir malakasini shakllantirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 22-oktabr soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Tel.: (99899) 999-79-53
e-mail: monitoring@navoiy-uni.uz