Maddohlik bajarmagan ishni gapirishdir
Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev Soʻxdagi voqealar va viloyatdagi ishsizlik haqidagi savollarga javob berdi.
Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev Soʻxdagi voqealar va viloyatdagi ishsizlik haqidagi savollarga javob berdi.
– Anklav hududda boʻlgan kishi albatta, uning muammolarini yaxshi biladi. Chashmadagi holatni Soʻx voqealari deb atalishiga qarshiman. Biz qirgʻizlar bilan doimo doʻst va inoq boʻlganmiz. Ayni kunlarda Soʻxda juda katta ishlar boshlangan. Birgina soʻxlik yoshlarga oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun 500 ta kvota ajratilganligining oʻzi ham katta voqeadir. Ertaga shu oliy maʼlumotli kadrlar tumanga kelib, mehnat qiladi. Taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshadi. Tumanda hozirga qadar 2 ming 500 dan ortiq ishsizlarning bandligini taʼminlashga erishildi.
Ishsizlik har qadamda uchrashi mumkin. Hayotda birovga yukim tushmasin deydiganlar ham koʻp. Asosiysi, ish va daromad topish insonni oʻziga bogʻliq. Yaqinda internetda Fargʻona viloyatida 84 mingdan ortiq ishsiz xotin-qizlar bor, degan xabar tarqaldi. Ammo bu hech qanday asosga ega emas. Ishsizlikni bartaraf etish bu kambagʻallikni qisqartirish deganidir. Viloyatimizda har yili 60-65 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda. Demak, oldimizda katta vazifalar bor.
Matbuot anjumanida maddohlik haqidagi savolga ham javob berildi.
– Maddohlik bajarmagan ishni gapirishdir. Mani oʻz prinsipim bor. Kam gapirib, ishda oʻzini koʻrsatish kerak. Qaysidir ishni bajarib tashlayman degan vaʼdalarga ishonmayman. Barcha ishlar soʻzda emas amalda boʻlishi kerak.