Madaniyat xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni topshirildi
FOTOREPORTAJ
Andijon shahridagi Qo‘g‘irchoq teatrida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan madaniyat va san’at sohasi vakillarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatda madaniyat va san’atni rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yosh avlodni yuksak ma’naviy ruhda tarbiyalash yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh soha xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.
[gallery-31112]
Tadbirda ta’kidlanganidek, yurtimizda milliy madaniyat va san’atni rivojlantirish, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, aholiga sifatli madaniy xizmat ko‘rsatish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda fidoyi madaniyat xodimlarining munosib hissasi bor.
Taqdirlanganlar bildirilayotgan yuksak e’tibor va ishonch uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimiz taraqqiyoti, milliy madaniyat va san’atimizni yanada yuksaltirish yo‘lida bor kuch va salohiyatini safarbar etishini ta’kidladi.
Tadbir yakunida taqdirlanganlarga ezgu tilaklar bildirilib, ularga mamlakatimiz madaniyati va san’atini yanada rivojlantirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA