Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarida ijodiy birlashmalar tashkil etiladi
Bu haqda “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmonida qayd etildi.
Ijodiy birlashmalarning ijodiy rahbarlari va ularga tashkiliy masalalarni hal etishda ko‘maklashuvchi hamrahbarlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
Ijodiy rahbar o‘z yo‘nalishida yangi iqtidorlarni yuzaga chiqarishga mas’ul hisoblanadi.
2027-yildan ijodiy birlashmalarning yillik ijodiy hisoboti shaklida Milliy ijodkorlar qurultoyi o‘tkaziladi hamda unda ijodiy birlashmalarning yil davomida eng yaxshi natija ko‘rsatgan ijodkorlari Davlat byudjeti hisobidan quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:
– ijodkorlarning badiiy kechasi, mahorat maktabi va ijod uylari tashkil etiladi;
– 1 yil davomida har oyda 5 mln. so‘m miqdorida gonorar to‘lanadi;
– 3 yil davomida O‘zbekiston bo‘ylab samolyot, poyezd va jamoat transportidan bepul foydalanadi, bunda tashish xarajatlari bo‘yicha olinmay qolgan daromadlar keyinchalik har oyda qoplab beriladi;
– davlat tibbiyot muassasalarida davolanish xarajati to‘liq qoplanadi.
Sherbek Islomov, O‘zA