“Madaniyat karvoni” Surxondaryoda
Kecha tunda Surxondaryoga yetib kelgan “Madaniyat karvoni” Termiz xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Poytaxtdan tashrif buyurgan yuzdan ziyod madaniyat, san’at namoyandalari, shoir va yozuvchilar, ma’naviyat targ‘ibotchilari ishtirokida viloyatda 14 sentyabr kuniga qadar viloyat hokimligi, aloqador tashkilotlar va tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda 200 dan ziyod ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, konsert dasturlari va ijodiy uchrashuvlar, milliy filmlar namoyish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
[gallery-8713]
Aytish kerak, so‘nggi yillarda mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va odamlar hayotiga ijobiy ta’sirini aniq hayotiy misollar orqali aholiga sodda va tushunarli shakllarda yetkazish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
– Shu maqsadda taniqli madaniyat va san’at namoyandalari, yozuvchi va shoirlar hamda ma’naviyat targ‘ibotchilarini keng jalb etgan holda, Respublikamiz shahar va tumanlari, chekka qishloq va mahallalarda aholi bilan jonli muloqotlar uyushtirish, konsert dasturlari va ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish, milliy filmlarni namoyish etish tajribasi amalda yaxshi natijalar bermoqda, - dedi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat), O‘zA