Madagaskarda prezidentlik saylovi boshlandi
Hind okeanidagi orol davlat – Madagaskarda prezidentlik saylovi uchun ovoz berish manzillari ochildi. Bu haqda “Actu Tana” yangiliklar portali xabar berdi.
Mamlakatdagi 27 mingdan ko‘proq uchastkada soat 06:00-17:00 oralig‘ida 11 milliondan ortik fuqaro o‘z tanlovini bildirish huquqiga ega. Madagaskar mustaqil milliy saylov komissiyasi qaroriga ko‘ra, dastlabki natija 24 noyabr kuni e’lon qilinadi.13 nafar nomzod ro‘yxatga olingan tadbirda, tahlilchilar fikricha, 2019-2023 yillari hokimiyat tepasida bo‘lgan, konstitutsiya talabiga muvofiq 9 sentyabrda iste’foga chiqqan va ikkinchi muddatga nomzodini qo‘ygan 49 yoshli Andri Radzuelina g‘alaba uchun eng yaxshi imkoniyatga ega. Shuningdek, 2002-2009 yillar prezidentlik qilgan 73 yoshli Mark Ravalumanana ham nomzodini ilgari surgan.
Agar birinchi bosqichda hech kim mutlaq ko‘pchilik tomonidan ma’qullanmasa, 20 dekabrga belgilangan ikkinchi turda ko‘proq ovoz to‘plagan ikki nomzod kurash olib boradi. Konstitutsiyaga ko‘ra, prezidentning vakolat muddati besh yil bo‘lib, bir kishi eng yuqori lavozimni ketma-ket faqat ikki muddat egallashi mumkin.