Loyihalarning amaliy bosqichiga kirishilmoqda
Sirdaryo viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Xitoyga xizmat safari doirasida “Tiankeda (Tianjin) Science and Technology Park”, “Taitong International Transportation”, “Tianjin Kunpeng Information Technology”, “Yangiyer Bio manufakturier”, “Celco Innovation energy Technology” kompaniyalari va “Huazhn” qishloq xo‘jaligi loyihalarini boshqarish markazi rahbarlari, shuningdek, Davlat energetika guruhi Xalqaro energetika boshqarmasining tashqi savdo vakili Lo Ruyyun hamda Xitoy tadbirkorlarini O‘zbekistondagi vakili Tan Ping bilan uchrashdi.
Muloqotlarda aqlli shahar, biologik o‘g‘itlar va preparatlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, savdo va logistika, gidra elektr stansiyalar va biologistika markazini qurish, qoramol suyaklarini qayta ishlash kabi qator loyihalar yuzasidan fikrlashildi. Viloyat rahbari xitoylik hamkorlarni Sirdaryoga taklif qildi. Ularning viloyatga tashrifi doirasida shu va boshqa ko‘plab loyihalarning amaliy bosqichiga kirishiladi.






Shuningdek, “Dahua technology” kompaniyasi bilan “Xavfsiz shahar – xavfsiz hudud” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi ham imzolandi.
Sh.Suyarov, O‘zA.