Londonda “teskari supermarket” ochildi
“Tesco” yirik chakana tarmog‘i va xayriya bo‘yicha hamkorlar - “FareShare” va “Trussell Trust” Londonda “Give Back Express” do‘konini ochdi. Qizig‘i, bu yerda mahsulot uchun pul to‘lash va xaridni javonda qoldirish kerak.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad — oziq-ovqat yetishmovchiligi kuzatilayotgan xayriya tashkilotlariga yordam berish.
“Give Back Express”da tovarlar atigi 40 penniga sotiladi. Demak, kam ta’minlanganlar ham aksiyaga hissa qo‘shishi mumkin.
O‘zA