London tarixidagi eng qimmat uy 350 million dollarga sotildi
Britaniyalik milliarder Nik Kendi Londonning nufuzli Chelsi tumanidagi uyini noma’lum xaridorga 270 million funt sterling, ya’ni 350 million dollarga sotdi. Bu tarixan eng qimmat yakka tartibdagi uy savdosidir, deb yozgan “Bloomberg” manbalarga tayanib.
Bir gektardan kamroq maydonda joylashgan bu uy avval Qirollikning ilk Bosh vaziri Robert Uolpolning qarorgohi edi. Mulk obodonlashtirilgan, hovuz va suzish havzasiga ega.
Ilgari eng qimmat ko‘chmas mulk bitimi bo‘yicha rekord Ratlend-geyt darvozasidagi Gayde xiyoboni yaqinidagi mulk xaridoriga tegishli edi. 2020-yil bu joyni “Evergrande Group” raisi, xitoylik milliarder Xyoy Kayan 279 million dollarga sotib olgan.
Nik Kendi Gayde yaqinidagi “One Hyde Park” hashamatli turar-joy majmuasiga egalik qiluvchi ko‘chmas mulk magnatidir. Yil boshida amerikalik mashhur kino aktyori Tom Kruz hududda jinoyatchilik keskin ko‘payishi ortidan binodagi xonadonini sotgani haqida xabar berilgan. Kendi Britaniyaning o‘ng qanot partiyasi “Reform UK” faxriy xazinachisi ham hisoblanadi.
S.Rahimov, O‘zA