“Lokomotiv” durang o‘ynadi
Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi Osiyo chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki uchrashuvida Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ayn” klubi bilan durang o‘ynadi.
Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi Osiyo chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki uchrashuvida Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Ayn” klubi bilan durang o‘ynadi.Chorak final bosqichida qit’amizning sakkiz jamoasi ikki mintaqaga bo‘lingan holda ishtirok etmoqda.
G‘arb mintaqasida qatnashayotgan “Lokomotiv” klubi safarda “Al-Ayn” jamoasi bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 13-sentabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv" klubi Osiyo chempionlar ligasining ushbu mavsumida hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan. Jamoa guruh bosqichida ikkita o‘yinda g‘alaba qozongan hamda to‘rt uchrashuvda durang o‘ynagan. Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi bilan kechgan nimchorak final uchrashuvida dastlab safarda durang natija qayd etib, Toshkentda 2:1 hisobida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan.