“Lokomotiv” durang o‘ynadi
Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi beshinchi tur doirasida safarda Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Nasr” klubi bilan bahslashdi.
Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi beshinchi tur doirasida safarda Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Nasr” klubi bilan bahslashdi.O‘yinning 31-daqiqasida Jires Kembo Ekoko “Al-Nasr”ni oldinga olib chiqdi. 43-daqiqada “Lokomotiv” jamoasi hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov hisobni tenglashtirdi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng hamyurtlarimiz ochkolari sonini to‘qqiztaga yetkazib, “A” guruhida peshqadamlikni saqlab qoldi. “Lokomotiv” navbatdagi uchrashuvni 4-may kuni o‘z maydonida shu jamoaga qarshi o‘tkazadi.