“Lochin” jamoasi tanlov g‘olibi bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv qismi sport o‘yingohida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klubi jamoalari o‘rtasidagi sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatdagi umumta’lim maktablaridan 15 ta jamoa fuqaro muhofazasi va hayot xavfsizligi asoslari bo‘yicha savol-javob, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, shartli daryodan arqon yordamida o‘tish, yong‘inni o‘chirish estafetasi singari shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
[gallery-11860]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida Termiz shahar 6-umumta’lim maktabining “Lochin” jamoasi tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Denov tumanidagi 81-umumta’lim maktabining “Qalqon” jamoasi ikkinchi, Termiz tumani 12- IDUMning “Burgutlar” jamoasi uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Musobaqa g‘oliblari va nominatsiyalar bo‘yicha sovrindorlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA