Lisandro Martines hakamlarning Argentina foydasiga qaror chiqarayotgani haqidagi gap-so‘zlarga javob berdi
«Albiseleste» chorak final bosqichida Shveytsariya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Argentina terma jamoasi himoyachisi Lisandro Martines jahon chempionati o‘yinlarida hakamlarning amaldagi chempionlar foydasiga qarorlar qabul qilayotgani borasidagi fikrlarga munosabat bildirdi. «Albiseleste» chorak final bosqichida Shveytsariya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
«Bu borada aytishga gapim yo‘q. Bunday munozarali mavzularni o‘zlaringiz o‘ylab topasiz va rivojlantirasiz. Biz esa bor e’tiborimizni maydonda 100 foiz kuch bilan o‘ynashga qaratganmiz», — deya Martinesning so‘zlarini Diario AS nashri o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida keltirmoqda.
JCH-2026 musobaqasi 11-iyundan 19-iyulga qadar Meksika, Kanada va AQSh yashil maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Argentina terma jamoasi turnirning amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Ular nimchorak final (1/8) bosqichida Misr terma jamoasini 3:2 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘llanma olgan edilar.