Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi
39 yoshli Messi JCH–2026ni 8 ta gol va 4 ta assist bilan yakunladi.
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgani xabar qilindi. Bu haqda jurnalist Ernan Kastilo ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Messi JCH–2026 finalidan oldin kiyinish xonasida jamoadoshlariga ta’sirli nutq so‘zlagan va Ispaniyaga qarshi uchrashuv uning Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi o‘yini bo‘lishini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, Argentina finalda Ispaniyaga qo‘shimcha bo‘limlarda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
39 yoshli Messi JCH–2026ni 8 ta gol va 4 ta assist bilan yakunladi.
Shuningdek, turnir davomida u Jahon chempionatlarida 20 ta gol marrasidan o‘tgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi hamda mundiallar tarixida o‘yinlar va golli uzatmalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi.