Layma Vladson bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Ispaniyaning Reus shahridagi xalqaro turnirda hamyurtimiz Layma Vladson muhim qadam tashladi. U asosiy to‘r bahslarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Ispaniyaning Reus shahrida o‘tkazilayotgan ayollar o‘rtasidagi Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro turnirda hamyurtimiz Layma Vladson asosiy to‘rning birinchi davrasiga yo‘llanma oldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, Layma Vladson o‘z ishtirokini saralash bosqichidan boshladi. U mukofot jamg‘armasi 30 ming AQSH dollaridan iborat bo‘lgan turnirda Layma dastlabki davrada ispaniyalik Ares Teyxido Garsiyani 6:2, 5:7, 10:8, final bahsida Buyuk Britaniya vakili Letisiya Romanovani 3:6, 6:2, 10:5 hisobida taslim etdi.
Natijada yosh tennischimiz yakkalik bahslarining birinchi davrasiga chiqdi va ispaniyalik tennischi Garsiya Meritsel Teyksido bilan kuch sinashish huquqiga ega bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA