Latviya osmonida ilk bor NATO qiruvchilari dronni urib tushirdi
Latviya Milliy qurolli kuchlari mamlakat havo hududiga kirgan dron NATO qiruvchisi tomonidan yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Bu haqda "DW" nashri ma’lum qilmoqda.
Mamlakat Qurolli kuchlari ma’lum qilishicha, kamida bitta dron Rossiya hududidan Latviya havo makoniga kirgan. Hodisadan oldin Kraslava va Ludza hududlarida havo xavfi e’lon qilingan. Xabarga ko‘ra, o‘lkada avval ham xuddi shunday holat kuzatilgan, ammo bu safar dron birinchi marta urib tushirilgan.
Shuningdek, Moldova Mudofaa vazirligi 8-iyunga o‘tar kechasi mamlakat havo hududiga Ukraina chegarasi yaqinidagi Mixaylovka-Lopatna tomondan dron kirganini ma’lum qildi.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, ichki ishlar organlari maxsus bo‘linmalari Lopatnadagi qishloq xo‘jaligi yerlarida dron bo‘laklarini aniqlagan.
D.Hakimov, O‘zA