Kuzgi ko‘chat ekish mavsumi boshlandi
Sirdaryo viloyatida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi mavsumga start berildi.
Sirdaryo viloyati hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-34 "Toshkent – Dushanbe" avtomobil yo‘lining Mirzaobod tumani hududidan o‘tuvchi qismida viloyat Ekologiya boshqarmasi, viloyat hokimligi, "Toza hudud" DUK, Obodonlashtirish boshqarmasi, “Sirdaryoyo‘lko‘kalam” DUK, viloyat o‘rmon xo‘jaligi va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirildi.


Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev ishtirok etdi. Viloyat rahbari shu kunga qadar ekilgan ko‘chatlar, barpo etilgan bog‘lar, yashil hududlar, yashil jamoat parklari to‘g‘risida gapirib, Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi mavsumni namunali va samarali o‘tkazish bo‘yicha belgilangan vazifalarga to‘xtaldi.


Shundan so‘ng viloyat faxriylari yaxshi niyat bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuzgi mavsumning ilk ko‘chatini ekishdi. Hashar ishtirokchilari shu kuni ikki ming dona Sirdaryo viloyati iqlimiga mos manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishdi. Ahamiyatli tomoni, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Sirdaryo viloyatida kuzgi mavsumda 5 million 987 ming dona manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan
Sh. Suyarov,
O‘zA