Kurs bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlash uchun menejerlik o‘quv kurslari tashkil etilgan edi.
Kurs so‘ngida tinglovchilarning bilim va ko‘nikmasini baholash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yakuniy sinovlar o‘tkazilib, ko‘nikmalari baholandi.

Tinglovchilarning maktabni rivojlantirish dasturi, bolani himoya qilish dasturi va ta’lim muassasasida marketingni rivojlantirish rejasi bo‘yicha taqdimoti himoyasi o‘tkazildi.

Shuningdek, tantanali marosim tashkil etilib, kurs bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi.
M.Qosimova, O‘zA