Kunning markaziy o‘yinida Braziliya Marokash bilan durang o‘ynadi
Jamoalar 1 ochkodan bo'lishib oldi.
Jahon chempionatining 1-tur bellashuvlari davom etmoqda.
"C" guruhidan joy olgan Braziliya va Marokash terma jamoalari mundialning ilk turida o‘zaro bahs olib bordi. Uchrashuvning 21-daqiqasida marokashliklar hujumchisi Ismail Saibari hisobni ochdi. Oradan 11 daqiqa o‘tib, Vinisius Junior chiroyli tarzda raqib darvozasini ishg‘ol etib, muvozanatni tikladi. Ushbu hisob o‘yin yakuniga qadar boshqa o‘zgarmadi va jamoalar o‘z hisoblariga 1 ochkodan yozdirib qo‘ydi.
