Kun xabarlari qisqa satrlarda
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan “Oʻzligingni asra, oʻzbegim!” gʻoyasi asosida jamiyatimizdagi illatlarga qarshi targʻibot aksiyasi doirasida maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
* * *
Jizzax politexnika institutida “Universiada-2019” sport musobaqalarining voleybol boʻyicha hududiy saralash bosqichi yakuniga yetdi. Jizzax davlat pedagogika institutining jismoniy madaniyat fakulteti talabalaridan iborat qizlar jamoasi barcha raqiblarini magʻlub etib, finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
* * *
Navoiy shahrida Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi hamda viloyat Avtomobil yoʻllari hududiy bosh boshqarmasi hamkorligida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani oʻtkazildi.
* * *
Samarqandda umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Samarqand shahridagi 21-umumtaʼlim maktabining “Pozitiv” jamoasi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi va keyingi bosqich yoʻllanmasini oldi.
* * *
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida “Polimerlar haqidagi fanning zamonaviy muammolari” mavzuidagi respublika anjumani tashkil etildi.
* * *
Termiz shahridagi “Boʻlgʻusi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” ilmiy-amaliy va kreativ yondashuv asosida, innovatsion usullardan foydalangan holda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlamoqda.
* * *
“Navoiy” xalqaro aeroportida taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi.