Kuchlilar Buxoroda aniqlandi
Buxoroda kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 350 dan ziyod polvon o‘n besh vazn toifasida g‘oliblik uchun gilamga tushdi.
Buxoroda kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 350 dan ziyod polvon o‘n besh vazn toifasida g‘oliblik uchun gilamga tushdi.Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda o‘z vazn toifasida erkaklar o‘rtasida buxorolik sportchilar eng yaxshi natijaga erishdi. Xususan, Rahmon Jumayev, Shahram Ahadov va Erkin Doniyorov oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, poytaxtlik Kamoliddin Rasulov, Muhsin Xisomiddinov, Navoiy viloyati vakili Umid Esonov, surxondaryolik Bekzod Boykeldiyev shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Xotin-qizlar o‘rtasida Samarqand viloyatidan Nodira Gulova, Gulnoza Ziyoyeva, Toshkent shahridan Muqaddas Kubiyeva, Muhayyo Ibrohimova, qoraqalpog‘istonlik Omongul Allanazarova, Sanayim Erkinboyeva, xorazmlik Kumush va Rahima Yo‘ldoshevalar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarga diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.