Kubok kimga nasib etadi?
Poytaxtimizdagi 8-ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va o‘smirlar sport maktabida boks bo‘yicha 2001-2002-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari boshlandi.
Poytaxtimizdagi 8-ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va o‘smirlar sport maktabida boks bo‘yicha 2001-2002-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari boshlandi.
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, boks federatsiyasi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan musobaqada mamlakatimizning barcha hududidan kelgan 220 nafarga yaqin yosh bokschi 16 vazn toifasida o‘zaro bahslashmoqda.
Musobaqa ochilishida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazishning muhim vositasi sifatida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Buning samarasida O‘zbekistonda ko‘plab sport turlari kabi boks ham yoshlar o‘rtasida jadal rivojlanmoqda. Bugungi kunda o‘zbek boks maktabi tarbiyalanuvchilari sport olamining barcha nufuzli musobaqalari – Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlarida yuqori natijalarga erishmoqda.
– Boks bilan ikki yildan beri shug‘ullanaman, – deydi buxorolik Murodjon Baxshullayev. – O‘zbekiston kubogi bahslarida ishtirok etayotgan barcha sportchilar kuchli. Maqsadim – o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Bektemir Meliqo‘ziyev kabi mahoratli bokschi bo‘lishdir.