Kubada asosiy elektr tarmog‘i ishdan chiqdi
Kommunistik boshqaruv tizimiga ega Kuba davlatining milliy elektr tarmog‘i bir yildan kamroq vaqt ichida to‘rtinchi marta ishdan chiqdi. Bu haqda kecha SEN davlat energetika kompaniyasi xabar berdi.
– SEN elektr tarmog‘ida to‘liq uzilish sodir bo‘ldi, holat "CTE Guiteras" issiqlik elektr stansiyasi kutilmaganda to‘xtab qolishi bilan bog‘liqligi ehtimoli bor, – deyilgan Elektr-energetika xodimlari milliy uyushmasining tegishli bayonotida.
Tarmoq mas’ul vakili aytishicha, hodisa sababi o‘rganilyapti, vaziyatni o‘nglash jarayoni allaqachon boshlangan.