Kreditlashdagi ortiqcha talablarni bekor qilish vazifasi qo‘yildi
Prezidentimiz banklar aholi va tadbirkorlar loyihalariga resurs yetkazishda amaliy natija ko‘rsatishi zarurligini ta’kidladi. Andijonda kreditni faqat garovga bog‘lamasdan, pul oqimi va aniq buyurtmaga qarab ajratish uchun 20 ta yangi moliyaviy mahsulot yaratish topshirilgan edi. Mazkur yondashuv Qashqadaryoda ham natija berishi kerak.
Banklar faoliyati yangi mahsulotlar soni bilan emas, ular yordamida resurs olgan korxonalar va biznesning o‘sishi bilan baholanadi.
Kreditlashdagi ortiqcha talablarni bekor qilish vazifasi qo‘yildi. Hozir kredit olish uchun 102 turdagi hujjat so‘ralmoqda. Shularning 53 tasi axborot tizimlarida mavjud, yana 22 tasining kreditga aloqasi yo‘q.
Bu o‘zgarishlar mahallalardagi tashabbuslarni moliyalashtirish va yangi ish o‘rinlari yaratishni tezlashtirishi kerakligi qayd etildi.
O‘zA