Kosonsoylik iqtidorli yoshlar taqdirlandi
Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda har yili 30 iyun sanasi “Yoshlar kuni” sifatida keng nishonlab kelinmoqda.
Shu munosabat bilan Namangan viloyatining barcha shahar va tumanlarida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi “Yoshlar festivali” yuqori ruhda o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, Kosonsoy tumanida bo‘lib o‘tgan ana shunday tadbir nafaqat yoshlar, balki kattalarga ham birdek xush kayfiyat ulashdi.

Tadbirda yurtimizda birinchi qabul qilingan qonun aynan yoshlar siyosatini amalga oshirishga qaratilgani, ertamiz egalariga berilayotgan imkoniyatlar kengayayotgani ta’kidlandi.

Bayram kechasida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Bolajonlarga bepul muzqaymoqlar tarqatildi.
Festivaldagi stretbol vorkaut, stol tennisi, karate bo‘yicha chiqishlar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdi.

Tuman sektor rahbarlari tomonidan sport, madaniyat, ta’lim, fan singari yo‘nalishlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan aql-zakovatli, iqtidorli o‘g‘il-qizlar munosib taqdirlandi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA