Kosonsoyda korxonalar soni yana bittaga ortdi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “Kushon” kichik sanoat zonasida mustaqilligimizning 33 yilligi bayrami arafasida yana bir korxona – “ASIAN METAL” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydalanishga topshirildi.
[gallery-19048]
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligida viloyat sektorlar rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar ishtirok etdi.
Umumiy qiymati 1,5 million AQSH dollari qiymatidagi loyihaning birinchi bosqichida sim setka ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, 30 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 500 tonnadan iborat.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA