Korxonaning eksport salohiyati o‘rganildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Textile-Pro Group” MCHJda tayyor trikotaj mahsulotlari, jumladan ayollar, erkaklar va yosh bolalar uchun eko sifatli va xalqaro standartga mos mahsulotlar ishlab chiqariladi.
0,18 gektar yer maydonida joylashgan mazkur korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati tabiiy ko‘rinishda 1,7 million dona, pul ifodasida esa 40 milliard so‘mni tashkil etadi. Hozirda korxonaning eksport salohiyati birmuncha pasaygan.
Mutasaddilarning o‘rganish jarayonida muammo davlat aktivlari bilan bog‘liq ekanligi aniqlanib, uni bartaraf etish choralari ko‘rildi. Korxona faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mahsulotni ichki va tashqi bozorda sotish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
[gallery-25181]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA