Korxona faoliyati yanada kengayadi
Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Gʻayrat Chodak” masʼuliyati cheklangan jamiyatining tikuvchilik korxonasida erkaklar uchun koʻylak, jinsi shim, ustki kiyimlar tayyorlanmoqda.
Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Gʻayrat Chodak” masʼuliyati cheklangan jamiyatining tikuvchilik korxonasida erkaklar uchun koʻylak, jinsi shim, ustki kiyimlar tayyorlanmoqda.
Yangi yil arafasida ish boshlagan korxona Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining 3 million dollar miqdoridagi imtiyozli krediti hamda loyiha tashabbuskorlarining 2 million dollar miqdoridagi mablagʻi evaziga tashkil etildi. Bu yerda, shuningdek, kiyim-kechaklar boʻyash va ularga qayta ishlov berish sexi faoliyat yuritmoqda. 150 dan koʻproq xotin-qiz ish bilan band.
–Ikki oydan soʻng poyabzal ishlab chiqarish sexi ishga tushiriladi, – deydi “Gʻayrat Chodak” MCHJ ijrochi direktori Isomiddin Shomurodov. – Sexda yiliga 600 ming donagacha mahsulot tayyorlanadi. Tikish, boʻyash va qayta ishlov berish hamda poyabzal ishlab chiqarish obyektlarining loyiha quvvati toʻla oʻzlashtirilgach, ishchi-mutaxassislar soni qariyb 1000 kishiga yetadi.
Korxonada ishlab chiqarilgan jinsi shimlar joriy yil oʻrtalarida “Ekvatorial” va “Chodak” brendi ostida Qozogʻiston va Rossiyaga eksport qilinishi koʻzda tutilgan.



