Korporativ odob-axloq: talab va mas’uliyat
Qashqadaryo viloyati Muborak gazni qayta ishlash zavodida "Korporativ odob-axloq kodeksi talablari va uning samaradorligini ta’minlash choralari" mavzusida ma’naviyat soati va o‘quv-seminar o‘tkazildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat departamenti Komplayens sohasida hududlar bilan ishlash bo‘limi bosh komplayens inspektori S.G‘afforov bu mavzuda ma’ruza qildi.
U Korporativ odob-axloq kodeksining mazmun-mohiyati, xodimlarning xizmat faoliyatida odob-axloq me’yorlariga rioya etishi, jamoada o‘zaro hurmat va ishbilarmonlik madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, xizmat vazifalarini bajarishda halollik, xolislik, mas’uliyat, korrupsiyaga nisbatan murosasizlik va korporativ qadriyatlarga sodiqlik tamoyillarining ahamiyati yuzasidan fikr va tavsiyalar berildi.

Seminar qatnashchilarining savollariga batafsil javob qaytarildi. Ishchi-xodimlarga mavzuga doir videorolik namoyish etildi.
Nilufar Bozorova,
O‘zA