Körinmas qotil - "is gazi"dan ogoh böling!
Is gazi — rangsiz, hidsiz va taʼmsiz bölib, seziş juda qiyin bölgan öta zaharli gaz. Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan notöğri foydalaniş oqibatida uşbu xavf kuçayadi.
Is gazi nima sababdan hosil böladi?
Tabiiy gaz, benzin, dizel, mazut, kömir yoki ötin çöğlarining çala yonişi natijasida.
Isitiş peçlarining tutun va havo almaştiruvçi şaxtalari (mozorlari/tuynuklari) berkitib qöyilganida.
Qölbola yoki nosoz isitiş moslamalaridan foydalanilganda.
Gaz yoki boşqa yoqilğiga moslaştirilgan peçlarni uxlaş (dam oliş) xonalariga olib kirganda.
Xavfsizlik qoidalari
Şamollatişni taʼminlang: Xona havosini almaştiruvçi şaxtalar va tuynuklarni heç qaçon berkitmang.
Moslamalarni tekşiring: Qölbola, nosoz yoki standart talablarga javob bermaydigan isitiş peçlaridan foydalanmang.
Uxlaş xonasi: Uxlaş yoki dam oliş xonalariga oçiq olov yoki kömir/ötin çöğlarini olib kirmang.
Bolalar va qariyalar: Bolalar hamda imkoniyati çeklangan kişilarni nazoratsiz qoldirmang.
Favqulodda vaziyatlarda murojaat qiliş raqamlari
Agar is gazidan zaharlaniş yoki xavf belgilarini sezsangiz, zudlik bilan taşqariga çiqing va quyidagi raqamlarga qönğiroq qiling:
101 — Yonğin xavfsizligi xizmati
103 — Tez tibbiy yordam
104 — Gaz avariya dispetçerlik xizmati
1050 — Qutqaruv xizmati.
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov. ÖzA