Konvertoplanni ilk bor ayol kishi boshqardi
Hamkorlarimiz sahifalarida
Moza bint Marvan “AW609” tiltrotor, ya’ni konvertoplan havo kemasida parvoz qilgan birinchi ayol bo‘ldi, deb xabar bermoqda “WAM” agentligi.
Ayollar aviatsiyasi assotsiatsiyasi raisi Shayxa Moza bint Marvan Al Maktum shu tariqa fuqarolik aviatsiyasi ayol uchuvchilari uchun yangi bosqichni boshlab berdi. U havo kemasini Filadelfiyada joylashgan aerokosmik vertolyot qarorgohiga tashrifi chog‘ida boshqardi. Shayxa Moza o‘z tassurotini quyidagicha izhor qildi:
- Men inqilobiy samolyotni sinovdan o‘tkazgan birinchi ayol uchuvchi bo‘lganimdan xursandman. Bu nafaqat o‘zim uchun shaxsiy muhim voqea, balki menga berilgan imkoniyat ham. Dunyoda birinchi shunday fuqarolik sertifikatiga ega bo‘lishim meni aviatsiya kelajagi haqida hayajon bilan fikrlashga undaydi.
Ushbu samolyot yo‘lovchi tashish va jamoat xizmati uchun yangi, qiziqarli imkoniyatlar ochadi. Qurilmaning vertikal parvoz qilishi va qo‘nishi, vertolyot kabi havoda muallaq tura olishi yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Mazkur uchuvchi mashina VIP xizmati (o‘ta muhim shaxslar uchun), shoshilinch tibbiy yordam, qidiruv-qutqaruv va hukumat missiyasi kabi turli vazifalarni ham bajaradi. Soatiga 500 kilometr tezlikda, 1400 kilometr balandlikda parvoz qila oladi.
Muharrama Pirmatova tayyorladi, O‘zA