Konstitutsiya – taraqqiyot ko‘zgusi
O‘zbek Milliy akademik drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Teatrdagi ustoz san’atkorlar – O‘zbekiston xalq artistlari Gavhar Zokirova, Tesha Mo‘minov hamda Muhammadali Abduqunduzov Yangilangan Konstitutsiyamiz mamlakatimizda kechayotgan barcha islohotlarni o‘zida mujassam yetganini ta’kidladi.
Darhaqiqat, mamlakatimizda ijod ahdi uchun yaratilgan sharoitlar san’at, madaniyat, adabiyot sohasi ijodkorlarining hayoti, faoliyatida ham o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Vatanimiz, xalqimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida batafsil so‘z yuritildi.
Tadbir nihoyasida oila mustahkamligi, beg‘ubor insoniy tuyg‘ularni tarannum etuvchi "Ko‘ngil" spektakli namoyish etildi.
N.Usmonova,
B.Ergashev (suratlar), O‘zA