Konstitutsiya - istiqbolli kelajak garovi
Konstitutsiyamiz xalqimizning asriy an’analari va urf-odatlariga tayangan holda milliy manfaatlarni hisobga olib ishlab chiqilgan bo‘lib, yurtdoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat, insonparvarlik, halollik, mardlik va sabr-bardosh, adolat hamda bilim-marifatga intilish hissini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining hududiy bo‘limi hamkorligida Samarqand tumaniga qarashli 13-umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Marosim maktab “Shunqorlar” jamosining ko‘rgazmali chiqishi bilan boshlanib, harbiy okrug Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestr jamoasi ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bilan davom ettirildi. Tadbir davomida o‘quvchi yoshlarga Asosiy Qonunimiz – Konstitutsiyamiz haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan qurol-aslahalar namoyishi o‘tkazildi. Namoyish maktab o‘quvchilarida katta tasurot qoldirdi.

Podpolkovnik Shavkat ABDURAHIMOV