Kongoda maktab bolalarini yashin urdi
Kongo Demokratik Respublikasi shimoli-sharqidagi maktablardan birini yashin urdi. Natijada besh o‘quvchi halok bo‘lib, o‘ndan ziyod bola jarohat oldi, deya xabar tarqatgan "Frans Press" agentligi mahalliy hukumat ma’lumotiga tayanib.
Ituri muzofoti ma’muriyati rahbari ma’lum qilishicha, zarb ertalab mahalliy vaqt bilan 10 da Bukiringi qishlog‘idagi boshlang‘ich maktab binosiga tushgan. Bu payt kuchli yomg‘ir yog‘ayotgan, bolalar sinf xonalarida bo‘lgan.
“Besh o‘quvchi - ikki qiz va uch o‘g‘il shu zahotiyoq jon bergan”, - dedi mahalliy amaldorlardan biri 13 o‘quvchi jarohat olganini qo‘shimcha qilar ekan. Zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan jabrlanganlar 5-13 yosh orasida.