Konferensiyada to‘qimachilik an’analari muhokama qilindi
Marg‘ilon shahrida “Atlas bayrami” VII xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivali doirasida “An’anaviy to‘qimachilik – kreativ industriyaning muhim segmenti” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ikkinchi kuni davom etmoqda.
“Vodiy gavhari” – “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida o‘tayotgan anjumanda an’anaviy to‘qimachilik va hunarmandchilikni rivojlantirish, milliy merosni asrab-avaylash, zamonaviy dizayn va ta’lim bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, an’anaviy san’atni kreativ sanoatga integratsiya qilish kabi masalalarga bag‘ishlangan ma’ruzalar eshitilmoqda.




Konferensiya ishida O‘zbekiston, AQSH, Gruziya, Qozog‘iston va boshqa mamlakatlardan kelgan mutaxassislar o‘z ilmiy tadqiqotlari, tajribalari va amaliy ishlanmalari bilan qatnashmoqda.
Muhammadjon Obidov,
O‘zA