Komilov Asliddin G‘ulomovichning texnika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasi ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ishlash sharoitini inobatga olgan holda CIGS asosidagi quyosh elementlari va energoqurilmalarini modellashtirish” mavzusida
Komilov Asliddin G‘ulomovichning “Ishlash sharoitini inobatga olgan holda CIGS asosidagi quyosh elementlari va energoqurilmalarini modellashtirish” mavzusidagi “01.04.10 – “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” va 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosliklari tutashuvi bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2020.T.111.03 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2023-yil 14-iyul 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Qarshi shahri, 180100, Mustaqillik ko‘chasi 225-uy, QarMII, Bosh bino, 1-239 xona.
Tel.: (99875) 221-09-23; faks: (99875) 224-13-95
e-mail: qmii@qmii.uz, kiei_info@edu.uz