Kombat aykidoga qiziqish katta
Xalqaro kombat aykido assotsiatsiyasi Buxoro viloyati bo‘limida 800 nafarga yaqin o‘g‘il-qiz ushbu sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.

Assotsiatsiyaning joylarda tashkil etilgan to‘garak mashg‘ulotlariga 20 nafar malakali murabbiy jalb etilgan bo‘lib, ular yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Buxoro shahridagi 28-umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida ham yakka kurash sport turi bo‘lgan kombat aykidoga qiziqish katta. Maktab huzurida faoliyat yuritayotgan to‘garakda mahorat oshirayotgan sportchilar turli nufuzli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqda.