Kolumbiyada ish haftasi qisqartirilmoqda
Kolumbiya prezidenti Ivan Duke o‘tgan juma kuni ish haftasini 48 soatdan 42 soatga qisqartirish to‘g‘risida qonunni imzoladi va matbuotda e’lon qildi.
"Bugun ushbu hujjat bilan Kolumbiya mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or tajribalarga qo‘shildi, deb aytsak bo‘ladi", - dedi Duke qonunni imzolagandan keyin.
Mazkur hujjat ish beruvchiga kelgusi besh yil davomida bosqichma-bosqich ish kunini qisqartirib borish vazifasini yuklaydi. Qonun kuchga kirgandan keyin ikki yil o‘tgach ish haftasi bir soatga qisqaradi, uch yil o‘tgandan keyin yana bir soatga qisqaradi. To‘rtinchi yildan boshlab ikki soatdan qisqaradi va ish vaqti haftasiga 42 soatni tashkil etadigan bo‘ladi.