Kobuldagi portlashda jurnalist halok bo‘ldi
Kobul aeroporti hududida uyushtirilgan terakt qurbonlari orasida mahalliy Raha Press axborot agentligi jurnalisti Aliriza Ahmadi ham bo‘lgan.
"Raha agentligining yosh jurnalisti va mamlakat ommaviy axborot vositalari sohasi faollaridan biri Aliriza Ahmadi kecha Kobul aeroportida uyushtirilgan qo‘poruvchilik natijasida halok bo‘ldi", - deb ma’lum qildi agentlik.
Xabarda ta’kidlanishicha, Ahmadi portlash paytida aeroportda bo‘lgan, chunki u toliblar tomonidan jurnalistlar ta’qib qilinishidan qo‘rqib, mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan.