Koʻchma savdo yarmarkalari aholi xizmatida
Sirdaryo viloyatining tuman va shaharlaridagi 221 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida 140 dan ortiq koʻchma savdo yarmarkalari tashkil etildi.
Sirdaryo viloyatining tuman va shaharlaridagi 221 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida 140 dan ortiq koʻchma savdo yarmarkalari tashkil etildi.
Koronavirus pandemiyasi vaqtida joriy etilgan karantin qoidalaridan biri bu oʻz-oʻzini yakkalash, maqsadsiz koʻchaga chiqmaslik, eng asosiysi osoyishtalikni saqlashdir. Bunday sharoitda fuqarolarning oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish birinchi galdagi vazifalardan biriga aylanishi shubhasiz.
Mamlakatimizda karantin joriy etilgandan buyon viloyat davlat soliq xizmati organlarida tashkil etilgan ishonch telefonlariga jami 70 ga yaqin murojaatlar boʻlib, unda nafaqat narxlarning sunʼiy ravishda oshirilish holatlari balki, hududlarda koʻchma savdo yarmarkalariga ehtiyoj sezilayotganligi va ularni tashkil etilishi yuzasidan koʻplab takliflar kelib tushmoqda.
Ushbu murojaatlar ishchi guruhlari tomonidan tezkorlik bilan oʻrganib chiqilib, ularni ijobiy hal etilishiga erishilmoqda.
Xususan, bugungi kunga qadar viloyatning tuman va shaharlardagi 221 ta mahallalarda 139 ta koʻchma savdo yarmarkalari tashkil etildi.
Ana shunday ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tadbirlardan biri kuni kecha viloyatning Boyovut va Mirzaobod tumanlarida hamda Guliston shahrida tashkil etildi.
Koʻchma doʻkonlarda kartoshka, piyoz, un, oʻsimlik yogʻi, shakar kabi aholi uchun kerakli boʻlgan barcha birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari, shuning bilan birga ayni shu kunlarda talab yuqori boʻlgan koʻkatlar bilan taʼminlangan. Bunday yaratilayotgan sharoitlardan fuqarolar albatta mamnun boʻlmoqda.
Koʻchma doʻkonlarda oʻzlariga kerak boʻlgan mahsulotlarni xarid qilayotgan fuqarolarimizning karantin qoidalariga amal qilib, belgilangan masofani saqlagan holda oʻzaro hurmatda boʻlayotganligi xalqimizning ahil ekanligidan yana bir karra dalolat beradi.
Maqsadimiz fuqarolarga qulaylik va yengillik yaratish. karantin sharoitida osoyishtalikni saqlashdir. Barchamiz uyda qolsak bu virusni tarqalishi oldi olinadi va uni yengish oson kechadi.
Sirdaryo viloyati
Davlat soliq boshqarmasi.