Klublarimizning Osiyo Çempionlar ligasidagi öyinlariga hakamlar tayinlandi
OFKning tayinlov hujjatlariga köra, «Neftçi», «Paxtakor» va «Nasaf»ning noyabr oyidagi xalqaro uçraşuvlarini boşqaradigan hakamlar brigadalari ma’lum böldi.
«Neftçi» — «Al Hilol»
Osiyo Çempionlar ligasi Elit turniri liga bosqiçining 5-turidan örin olgan uçraşuv 23-noyabr kuni Farğonada ötkaziladi. Bahsni kuvaytlik Abdulloh Jamoli boşqaradi.
Unga qanotlarda Saud Al Şemali va Ali Jroq yordam beradi. Töрtinçi hakam vazifasini Ammor Aşkanani bajaradi. VAR hakami etib Abdulloh Arab, uning yordamçisi sifatida Abdulloh Al Kandari tayinlangan.
Hakamlar nazoratçisi — janubiy koreyalik Kvon Jong Çul, uçraşuv komissari — BAAlik Nasir Al Obaydli. Özbekistonlik Jahongir Saidov VAR axborot xodimi sifatida faoliyat yuritadi.
«Al Ittihod» — «Paxtakor»
Elit turnirning 5-turida «Paxtakor» 23-noyabr kuni Jidda şahrida «Al Ittihod» mehmoni böladi. Uçraşuvga BAAlik Umar Muhammad Ahmad Hasan Al Ali boş hakam etib tayinlangan.
Qanot hakamlari — Muhammad Ahmad Yusuf Abdulloh Al Hammadi va Jasim Abdulloh Yusuf Abdulloh Al Ali. Töрtinçi hakam — Yahyo Ali Muhammad Hasan Al Mulla.
VARda Muhammad Ubayd Xadim Muhammad, AVARda Ali Raşid Muhammad Al Nuaimi işlaydi. Hakamlar nazoratçisi vazifasini iroqlik Ali Sabah Adday Al Qaysiy, uçraşuv komissarligini iordaniyalik Muhammad Abdulloh Nazmi Mango bajaradi.
«Nasaf» — «Al Xoldiya»
Osiyo Çempionlar ligasi 2 turniri «A» guruhi 5-turida «Nasaf» 25-noyabr kuni Qarşida Bahraynning «Al Xoldiya» jamoasini qabul qiladi.
Uçraşuvni qirğizistonlik Nurzatbek Abdiqodirov boşqaradi. Unga Nuraali Abdunabiyev va Abdugani Abdukarimov qanotlarda yordam beradi. Zayniddin Alimov töрtinçi hakam sifatida işlaydi.
Hakamlar nazoratçisi — eronlik Muhsin Turki, uçraşuv komissari — maldivlik Ahmad Şohir.
Özbek va jahon sportiga oid eng sönggi yangiliklar: @Uzasport