Klasterda yiliga 200 tonnagacha baliq yetishtiriladi
FOTOREPORTAJ
Orolbo‘yida baliqchilik sohasi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklar soni yildan-yilga ortmoqda. Hozirda hududda 6 ta inkubatsiya sexi va 5 ta klaster faoliyat yuritmoqda.
Nukus shahridagi “Qoraqalpoqbaliqsanoat” klasterining yopiq suv havzalarida yiliga 200 tonnagacha parhezbop go‘sht yetishtiriladi. Ayni paytda bu yerda zog‘ora baliq, telapiya va Afrika laqqa balig‘i parvarishlanmoqda. Klasterning yopiq suv aylanish havzalari Isroil texnologiyasi asosida jihozlangan.
[gallery-6949]
“Qoraqalpoqbaliqsanoat” klasteri rahbari Obod Bekniyozovning ta’kidlashicha, Vetnamdan 30 dona telapiya balig‘i olib kelinib, undan mahalliy sharoitda 2 million chavaq olishga erishildi.
Klaster tashqi bozorga baliq mahsulotlarini chiqarish maqsadida Rossiya davlatidagi hamkorlar bilan shartnoma imzolangan.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA