Kiyev Moskvaga hujumni kuchaytirdimi?
Ukraina Rossiya bilan urush boshlangandan beri Moskvaga eng yirik dron hujumini amalga oshirdi. Zarba neft sanoati va logistika manzillariga ham yetgan.
RF havo mudofaasi tizimi shanba kundan beri mamlakat bo‘ylab 1 600 dan ko‘p dron yo‘q qilinganini aytgan. Shundan 450 tasi Moskva tomon uchgan, ayrimlari poytaxtdagi neft zavodi hududiga yetib borgan, yana biri turar-joy binosiga urilgan.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi zarbasi ham davom etgan. Kiyev viloyatiga hujumda jarohatlangan bola shifoxonada vafot etib, qurbonlar soni to‘rt kishiga yetdi. Xerson viloyatida esa ibodatxonaga dron urilishi oqibatida 71 yoshli ruhoniy halok bo‘ldi, to‘rt inson jarohatlandi.
Prezident Vladimir Zelenskiy ma’lum qilishicha, RF so‘nggi bir haftada 2 000 dan ortiq dron, 1 700 havo bombasi va 19 raketa ishlatgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA