Kilian Mbappe: Dembele bilan birga jahon chempionatini yutishni istardim
Biz bir-birimizni 13 yoshimizdan beri tanimiz.
Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe Usmon Dembele bilan munosabatlari haqida gapirdi.
"Dembele bilan munosabatlarimiz ozgina o‘zgarsa yomon bo‘lmas edi. Bizda hozir ham o‘sha-o‘sha do‘stona aloqalar bor. Biz bir-birimizni 13 yoshimizdan beri tanimiz. Deyarli har kuni qo‘ng‘iroqlashamiz. Bizda umumiy minglab chatlar bor. Birgalikda ko‘p narsalarni boshdan kechirganmiz. U bilan ushbu jahon chempionatida g‘alaba qozonishni istardim", - dedi Kilian.
Fransiya terma jamoasi mundialda Senegal, Norvegiya va Iroq bilan bir guruhdan joy olgan.