Kikboksingchilarimiz Osiyoda tengsiz
Kambodja davlatida kikboksing sport turi bo‘yicha o‘tgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 20 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, umumjamoada 1-o‘rinni egalladi.

Shiddatli kechgan bellashuvlarda vatanimiz sharafini ulug‘lagan, O‘zbekiston kikboksing sport turi tarixida tarixiy g‘alabaga erishgan mahoratli sportchilarimiz bugun Toshkentga qaytib keladi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA