Kikboksing: Toshkentda jahon kubogi musobaqalari o‘tkazildi
Poytaxtimizda kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogi bahslarida dunyoning 48 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan mahoratli sportchilar bahs olib bordi.
Shiddatli kechgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari umumjamoada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Musobaqalarni boshqarib borishda Temur Muhammedjonov bosh hakamligidagi mamlakatimiz kikboksing mutaxassislari samarali faoliyat olib bordi.

Ayniqsa, xalqaro darajadagi hakamlar bilan birgalikda ish olib borgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining o‘qitutuvchi va talabalari hisoblangan Laziz Ahmedov, Akbarxo‘ja Oqilov, Javohir Azizqulov, Diyora Mamaraimova, Ozoda Qayumova, Rayhona Shamsuddinova jahon kubogi musobaqalarini boshqarishda katta tajribaga ega bo‘lishdi.
Murosasiz kechgan bellashuvlarda Sarvar Sobirjonov, Xojakbar Tohirov, Samandar Hasanboyev, Ismoil Sagdullayev Temur Niyozov, Sohiba Qudratova, Rayhona Jalolova kabi mamlakatimiz kikboksingchilari oltin medallarni qo‘lga kiritib, jahon kubogida O‘zbekiston sport sharafini ulug‘ladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA