Kichik mahallada katta ishlarni qilayotgan yoshlar (+video)
Bugun mamlakatimiz yoshlariga dunyo ahli havas bilan boqmoqda. Ular orasidan chiqayotgan yangidan-yangi iste’dod egalari erishgan yutuqlari ko‘zni quvnatib, ko‘ngilni yayratmoqda.
Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanidagi Obod turmush mahallasida yashovchi Shahrizoda Eshmanova ham o‘z tashabbusi va intilishi bilan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
U xorijiy tillarni o‘rgatish orqali mahallasidagi yoshlarning bilim darajasini oshirishni maqsad qilib, Yoshlar ishlari agentligining “Ko‘mak” loyihasi doirasida 130 million so‘m foizsiz ssuda olib, o‘z o‘quv markazi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Qisqa vaqt — atigi bir oy ichida ushbu tashabbus samarasi yaqqol ko‘rindi. Hozirda markazda 100 nafarga yaqin o‘quvchi tahsil olib, xorijiy tillarni o‘rganishga katta qiziqish bildirmoqda.
Eng muhimi, chekka hududda yashovchi yoshlar endi uzoqqa bormasdan, o‘z mahallasida sifatli ta’lim olish imkoniyati yaratildi. Bu esa nafaqat bilim, balki kelajak sari mustahkam qadam demakdir.
Qahramonimiz bilan suhbatning to‘liq shaklini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/eCQm-_DiS64" title="Kichik mahallada katta ishlarni qilayotgan yoshlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA