Kiberjinoyatchilikka yo‘l yo‘q!
Mahallalarda kiberjinoyatchilik va ayollarga nisbatan texnologiya asosidagi zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha treninglar bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasining “Navbahor” sihatgohida “Mahallalarda kiberjinoyatchilik va ayollarga nisbatan texnologiya asosidagi zo‘ravonlikning oldini olish” mavzusida trening o‘tkazilmoqda.
Treningdan mahalla yetakchilari va tizim vakillarining kiberxavfsizlik hamda jabrlanuvchini markazga qo‘yuvchi yondashuv bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsad qilingan.
Trening davomida ishtirokchilar raqamli muhitdagi xavf-xatarlar, kibergigiyena, kiberjinoyatchilik turlari va ularning huquqiy asoslari bilan tanishib, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha samarali yondashuvlarni muhokama qilmoqda.
Uch kunlik seminar doirasida ayollarga nisbatan texnologiya asosidagi zo‘ravonlik masalalariga ham alohida e’tibor qaratilib, astroturfing, dipfeyk, doksing, vizual abuz, shaxsni o‘zlashtirish va kiber ta’qib kabi holatlarni aniqlash hamda ularga munosabat bildirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
N.Usmonova,
O‘zA